Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Deputatlik va ijroiya nazorati: Uzun tumanida bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi

Uzun tumanida aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida 2026-yilgi davlat dasturlari asosida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Kuni kecha xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xabibulla Bozorov hamda tuman Kengashi deputati Dilafro'z Abdunazarovalar ishtirokida hududlardagi muhim ob’ektlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ob’ektlari va amalga oshirilayotgan ishlar:

Ta’lim tizimini rivojlantirish (PQ-393-son qarori ijrosi):

Deputatlar dastlab “Beshkappa” MFY hududidagi 56-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldilar. Bu yerda “Surxon Suv Qurilish” MChJ tomonidan barpo etilayotgan 300 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi ko‘zdan kechirildi. 

Asosiy talablar va ko‘rsatmalar:

O‘rganishlar davomida xalq vakillari va tuman hokimi tomonidan quyidagi muhim masalalarga urg‘u berildi:

Sifat kafolati: Har bir g‘isht va qurilish materiali belgilangan standartlarga javob berishi shart.

Muddat va intizom: Ishlar tasdiqlangan reja-grafik asosida, kechikishlarsiz yakunlanishi lozim.

Nazorat: Deputatlar tomonidan har bir ob’ektning yakuniy holatigacha bo‘lgan jarayon doimiy monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 1