Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
Marg‘ilon shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar e’tibor markazida bo‘lib qolmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-266-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida qator amaliy chora-tadbirlar belgilangan.

Shu asosda, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi VII-14-82-11-168-K/25-son qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Mustaqillik ko‘chasida nogironlar uchun maxsus yo‘lakchalar tashkil etish va qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 100 million so‘m mablag‘ ajratilgan edi.

Mazkur loyiha doirasida bajarilgan ishlarning holatini o‘rganish maqsadida bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlari haqiqatdan ham amalga oshirilgani qayd etildi. Biroq, bajarilgan ishlarning sifati talab darajasida emasligi aniqlandi. Xususan, yo‘lakchalarning ayrim qismlarida qurilish me’yorlariga rioya qilinmagani.

Deputatlar tomonidan ushbu holat yuzasidan munosabat bildirilib, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat kuchaytirilishi zarurligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Mutasaddilardan qisqa muddatda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish, bajarilgan ishlar sifatini qayta ko‘rib chiqish hamda loyihani belgilangan talablarga mos holga keltirish talab etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday nazorat tadbirlari nafaqat mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishini ta’minlash, balki ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarning haqiqiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mustaqillik ko‘chasidagi mazkur holat esa bu borada hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borligini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 7