Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna “Istiqbol” MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Uchrashuv davomida deputat mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan hududda yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida ijtimoiy loyihalar doirasida 18 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak yetkazib berilgani, shuningdek, kambag‘allik chegarasida yashovchi 1 ta oilaga amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi. Tadbir yakunida MFY raisi tomonidan mahalla hududida yangi elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan bildirilgan taklif muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish orqali uni doimiy nazoratga olish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3