Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Kengash_faoliyati

Kitob — bilim manbai, ma’naviyat xazinasi

✅Bugun Bandixon tumani "Birdamlik" MFY hududida yangidan tashkil etilgan kutubxonaga xalq deputatlari tuman kengashi deputati Rajabov Botir Toirovich tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida deputat kutubxonaning kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar va mahalla yoshlarining mutolaaga bo‘lgan qiziqishi bilan yaqindan tanishdi. B. Toirovich kutubxonada jamlangan adabiyotlar ko‘lamini ko‘zdan kechirar ekan, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishda bunday maskanlarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladi.

 

✅ Tashrif tafsilotlari:

✅Kutubxona fondidagi badiiy va ilmiy kitoblar ko‘zdan kechirildi.

✅Mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

✅Kelgusida kutubxonani raqamlashtirish bo‘yicha takliflar berildi.

✅Deputatimiz tomonidan bildirilgan tavsiyalar asosida endilikda kutubxonada "Yosh kitobxon" tanlovlarini muntazam o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

✅"Mahallada kutubxona tashkil etilishi — bu shunchaki bino emas, balki kelajak bunyodkorlari uchun bilim poydevoridir," — dedi deputat o‘z suhbati davomida.

📖 Asosiy maqsad: Mahallada ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va yoshlarni kitobga qaytarish.

 Kitob o‘qigan inson dunyoni teranroq anglaydi. Mahallamizdagi ushbu kutubxona barcha uchun bilim o‘chog‘i bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 5