Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Muammolar yechimi yo‘lida: “Qahramon” mahallasida samarali uchrashuv

21-saylov okrugi deputati Shermatova Gulnoza Abduhakimovna tomonidan “Qahramon” mahallasida aholi bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda hududdagi dolzarb muammolarni o‘rganish, fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglash hamda ularni joyida hal etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari O. Kamolov, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari o‘rinbosari Navro‘z Bobomurodov, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Karmana tuman filiali bo‘lim boshlig‘i A. Safarovlar ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari doirasida aholining savollariga javob berdilar.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan asosan obodonlashtirish, elektr ta’minoti, yer va kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

Xususan, kelib tushgan 7 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Yana 1 ta murojaat yuzasidan fuqaroga huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, uni hal etish tartibi batafsil izohlab berildi. Bu esa aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini tizimli o‘rganish hamda tezkor yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar hududlarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy muammolarni kamaytirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6