Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
янв.21
Депутат ушырасыўы болып өтти!
янв.21
🗣 Мүрәжат унамлы шешим таўды
янв.21
❗️Нөкис қаласында «Депутат мәҳәлледе» жойбары өткерилди
янв.21
Өзбекстан Республикасы Олий Мажлиси Сенаты администрациясы аймақлық ўәкиллик органлары искерлигин үйрениў орайы тәрепинен шөлкемлестирилген "Жергиликли Кеңеслердиң искерлигин үлгили шөлкемлестириўдиң тийкарғы бағдарлары" машқалалар ҳәм шешимлер" атамасында көргизбели семинар болып өтти.
4-bosqich “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olish jarayonida.

4-боскич "Айоллар дафтари"га ро'иксатга олиш джарайонида.

  Xalq deputatllari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari
O.Dadajonova, F.Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi
N.Karimovlar 4-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxatga olishning yakuniy
bosqichlarini o‘rganish maqsadida tumanning Yoyilma, Birdamlik, Qorasuv
MFYlarda bo‘lib, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari bilan uchrashib, 2023
yilnining yanvar va fevral oylarida tumanda tashkil etilgan ishchi guruhlari
tomonidan uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar o‘rtasida muammolarni tizimli
ravishda hal etish, ijtimoiy ximoyaga muxtoj, ishsiz, nogironligi bor,
ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlandi.
 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori asosida
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy
qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari”ni yuritish belgilangan.
 

145-sonli Qarorga muvofiq ishchi guruhlar aniqlagan
muammolar tizimli ravishda taxlil qilinib, “Dalolatnoma”lar rasmiylashtirilib,
4-bosqich “Ayollar daftari” ro‘yxati shakllantirilmoqda hamda “Ayollar
daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan amaliy yordamlar
prognozi va “Yo‘l xarita”lari tayyorlanmoqda.
 

Bularning barchasi Muxtaram Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Jonajon Ona vatanimizda xotin-qizlarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi faol rolini oshirish
maqsadida amalga oshirilmoqda.
 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi

deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Fayzullo Mirzayev

Slide 1 of 1