Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Tibbiy xizmat ko‘rsatish holati

 Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
deputati M. Bektasheva tomonidan "Madaniyat" MFY aholisiga tibbiy xizmat
ko‘rsatish holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. 

🔍 O‘rganish natijalari yuzasidan Guliston shahar 2-oilaviy poliklinikasida aholiga xizmat ko‘rsatish jarayoni tahlil
qilinganda quyidagilar aniqlandi: 

Ijobiy natijalar:  

  • Qabul hajmi: Poliklinika kuniga o‘rtacha 150 nafar fuqaroni
    qabul qilmoqda. 
  • Raqamlashtirish: Elektron navbat va onlayn ro‘yxatdan
    o‘tish tizimi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. 
  • Qulaylik:
    Tahlil (analiz) topshirish va javoblarini olish jarayoni soddalashtirilgan. 
  • Ta’minot:
    Dori-darmon va imtiyozli toifadagi shaxslarga beriladigan vositalar yetarli
    darajada. 

⚠️ Hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar:  

  • 🚑 Kadrlar yetishmovchiligi:
    Pediatr, terapevt, kardiolog va okulist kabi mutaxassislarga ehtiyoj bor. 
  • ⚙️ Moddiy-texnik baza: Tibbiy uskunalarni,
    xususan EKG qurilmalarini zamonaviylariga almashtirish talab etiladi. 

📢 Deputat taklifi: "Madaniyat" MFY aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini tubdan yaxshilash uchun muassasaning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish va malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha yuqori tashkilotlarga takliflar kiritildi. 

Biz uchun har bir fuqaroning salomatligi
va roziligi ustuvor vazifadir!  

Slide 1 of 1