Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi va amaliy ishlar olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov A’zam Qarshiyevich tomonidan Xirmontepa, Katta Xirmontepa hamda Shuxrat mahallalariga xizmat ko‘rsatuvchi “Moxi-Nur kommunal” BSK boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va yoritilish holati atroflicha tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joylarda tozalash ishlari amalga oshirilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, “Katta Xirmontepa” mahallasida joylashgan 18-uyning 3-yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Ta’mirlash jarayonida yo‘laklar obodonlashtirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratildi.

Shu bilan birga, hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari o‘rnatilib, ob’ektlar to‘liq nazoratga olingan.

Deputat tomonidan bu kabi ishlar aholining turmush farovonligini oshirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mahallalarda obod muhitni shakllantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 5