Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich o‘zi saylangan okrugidagi “Navro‘z”, “Samarobod”, “Qo‘shshukr” MFYlar fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda kelib tushgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, Parkent tumanida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot — ZERO-WASTE MChJ Parkent tuman filiali faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida korxona mas’ul xodimi tomonidan ma’lum qilinishicha, bugungi kunda filialda 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, korxona tasarrufida 17 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnika, 244 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjud. Ta’kidlanganidek, barcha maxsus transport vositalariga masofadan turib onlayn kuzatuv olib borish imkonini beruvchi GPS uskunalari o‘rnatilgan. Bu esa xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, reja-grafik asosida ishlash va aholiga qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, Parkent tumani hududidagi mavjud 53 ta mahalladan qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida “Signal” usulida olib chiqib ketilayotgani bildirildi. Mazkur o‘rganish ishlari aholi murojaatlariga yechim topish, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Slide 1 of 4