Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
PARKLAR, HIYOBONLAR, BOG‘LARNING HOLATI O‘RGANILDI.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida Parkent tumanida ham keng ko‘lamli loyihalar izchil davom etmoqda. Jumladan, tumandagi “Qo‘shchinor” bog‘i hududida ham zamonaviy talablar asosida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, yangi dam olish maskanlari tashkil etish, bolalar maydonchalari va yashil hududlarni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur qurilish ishlarining sifati hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida mas’ul loyihachi va buyurtmachi tashkilot mutasaddilari bilan uchrashib qurilish ishlarining sifati, muddatlari va texnik talablarga rioya etilishi yuzasidan suhbatlashildi, bajarilayotgan ishlar bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini belgilangan me’yor va standartlarga muvofiq, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash zarurligi ta’kidlandi. Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining samaradorligini oshirish, mablag‘larning shaffof va maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7