Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
"Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi

 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev tomonidan Olmazor tumani “Yuqori Beshqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan "Koshona" va "Qayirma" ko‘chalarida aholi murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar uchun xavfsiz piyodalar yo‘lakchasi va qulay sharoitlar yaratish, hududni obodonlashtirish, suv quvurlarini almashtirish hamda umumiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari ko‘tarildi. Deputatlar joyiga chiqib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shaxnoza Umarxodjayeva o‘z nutqida aholi turmush farovonligini oshirish, qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish mahalliy vakillik organlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etdi. Bildirilgan murojaatlar asosida tegishli tartibda mas’ul idoralarga so‘rovlar yuborilishi hamda masalalar deputatlik nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

 Mazkur o‘rganish ishlari hududni yanada obod qilish, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7