Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
“Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi

 “Ochiq byudjet” portali orqali amalga oshirilgan loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Axmedov oʻz hududida “Ochiq byudjet” portali orqali gʻolib deb topilgan loyihalar ijrosini joyiga chiqib oʻrgandi. Jumladan, hududdagi 2-IDUMda amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari batafsil koʻzdan kechirildi. Loyiha doirasida maktabning tadbirlar zali va sport zali toʻliq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida jihozlandi. Bu esa oʻquvchilarning darsdan tashqari mashgʻulotlarini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shugʻullanishi hamda turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish imkonini bermoqda. Shuningdek, muassasada 10 kW quvvatga ega quyosh paneli oʻrnatilib, energiya tejamkorlikni taʼminlash, elektr xarajatlarini kamaytirish va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishga erishildi. Mazkur tashabbus taʼlim muassasasining barqaror energiya taʼminotini mustahkamlash bilan birga, ekologik jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 3