Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

       Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 ️ Yig‘ilish kun tartibida, Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J.Sherg‘oziyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-186-son qarori “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.

 ️ Hisobotda tumanda bolalar onkologik kasalliklarini erta aniqlash, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, skrining va diagnostika xizmatlari sifatini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, bemor bolalarni davolash va reabilitatsiya qilish jarayonida tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish, ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borish hamda birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida kasallikni erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

 ️ Komissiya a’zolari tomonidan onkologik kasalliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari yetarli tashkil qilinmagan deb topilib, bu bo‘yicha televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibotlarni ko‘paytirish yuzasidan takliflar berildi.

       Yig‘ilish oxirida ushbu masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qildi.

Slide 1 of 5