Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Deputat mahalla yoshlar yetakchisi ish faoliyatini o'rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Azizbek Axmedov Sayapir mahalla yettiligi bilan hamkorlik doirasida mahalladagi yoshlar bilan ishlash holatini o‘rgandi.
Jumladan, mahallaning Yoshlar yetakchisi Sotiboldiyev Temur Umid o‘g‘li tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasbga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan tadbirlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, mahalladagi 4 757 nafar aholining 1 907 nafarini (41 foizini) yoshlar tashkil etadi. Shundan 1 155 nafari 18–30 yosh oralig‘idagilardir.
Joriy yilda maktabni 61 nafar o‘quvchi bitirmoqda. Ularning asosiy qismi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan. Shu bilan birga, qolgan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirish masalalari yuzasidan deputat hamda mahalla yettiligi o‘rtasida aniq chora-tadbirlar kelishib olindi.

Slide 1 of 4