Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
"Qorasuv" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv

"Qorasuv" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga “Qorasuv” saylov okrugidan saylangan deputat Xoliqova Dilbar Mamayusupovna “Qorasuv” mahallasida o‘z saylovchilarini qiynab kelayotgan masala va muammolarni tinglash, ularga yechim izlash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida mahalladagi 18-umumta’lim maktabida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etdi.

🫥Mazkur uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda mahalla aholisi, faollar, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida fuqarolar o‘zlarini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar, kundalik hayotda duch kelinayotgan muammolar, infratuzilma bilan bog‘liq kamchiliklar hamda ijtimoiy sohadagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Xususan, aholi tomonidan mahalla ichki ko‘chalarining holati, yo‘llarning ta’mirtalabligi, ayrim joylarda yoritish masalalari, shuningdek, mahalla hududida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan bir qator murojaatlar kelib tushdi. Fuqarolar ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor va amaliy choralar ko‘rilishini so‘rab, o‘z takliflarini bildirdilar.

Deputat D. Xoliqova uchrashuv davomida kelib tushgan har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni murojaatlar daftariga qayd etdi. Shuningdek, mazkur masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilishi hamda murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish hamda mavjud muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputat tomonidan kelgusida ham saylovchilar bilan bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazib borilishi rejalashtirilgani bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4