🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova, shahar IIB masʼul xodimlari, “Madaniyat” MFY “yettiligi” aʼzolari hamkorligida mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuvda, jinoyat va huquqbuzarliklarni erta aniqlashda profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir mahalla fuqarosining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Shuningdek, fuqarolar bilan bo‘lgan suhbat davomida ular tomonidan bildirilgan muammoli masalalarning yechimi yuzasidan masʼullar tomonidan o‘z taklif, tavsiya va maslahatlarini berishdi hamda nazoratga olindi.