Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
Kosonsoy tumanida 2025-yil davomida Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma.

Kosonsoy tumanida 2025-yil davomida Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma.

📆 2025-yil davomida Kosonsoy tuman Kengashi deputatlari tomonidan “E-Kengash” platformasi orqali aholi murojaatlari, kommunal xizmatlar, yo‘llar ta’mirlashi, ichimlik suvi va boshqa masalalar bo’yicha jami 85 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan. Eng ko‘p so‘rov 7-Shirinbuloq, 18-Jar, 17-Bog‘ishamol okrugi deputatlari yuborishgan. “E-Kengash” platformasi orqali so‘rovlar ijro etilishini nazorat qilish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. 

🔻 Mazkur so‘rovlar asosan kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligi masalalariga qaratilib, tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi.

📝 JUMLADAN

🔺 Eng ko‘p 7-Shirinbuloq okrugi deputati Dadajonov Anvarali Xamidullaevich – 11 ta;

18-Jar okrugi deputati Qodirova Nigora Mirzaakbarovna – 9 ta;

17-Bog‘ishamol okrugi deputati Alimxonov Muzaffarxon Umarxonovich – 7 ta deputat so‘rovlari yuborgan.

Mazkur reytingda 2025-yil davomida eng ko‘p deputatlik so‘rovi yuborgan deputatlar alohida ko‘rsatib o‘tildi. Qolgan deputatlik so‘rovlari esa tegishli tuman Kengashlaridagi boshqa deputatlar hissasiga to‘g‘ri keladi va ular tomonidan “E-Kengash” platformasi orqali chiqarilgan. “E-Kengash” platformasi deputatlik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda murojaatlar ijrosini monitoring qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Deputatlik so‘rovlari aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni kompleks rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni tezkor hal etishda muhim parlament nazorati instrumenti sifatida o‘z samarasini bermoqda.