Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
Chilonzor tumanida yoshlar uchun yana bir muhim qadam!

 Chilonzor tumani “Bek to‘pi” mahallasida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi hamda markaz faoliyati o'rganildi. Mahalla yoshlar yetakchisi Toshpo‘latov Husniddin tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan Yoshlar markazini yanada rivojlantirish maqsadida markaz zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlandi. Ushbu jihozlar markaz faoliyati samaradorligini oshirish, ayniqsa, IT yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish imkonini beradi. Yaratilgan sharoitlar yoshlar uchun qulay va zamonaviy o‘quv muhitini shakllantirib, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi. Endilikda seminarlar, taqdimotlar va turli o‘quv tadbirlari yanada sifatli va
zamonaviy formatda o‘tkaziladi.
Mazkur amaliy yordam mahallada yoshlar siyosatiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasidir. “Bek to‘pi” mahallasi Yoshlar markazida yaratilgan shart-sharoitlar yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, kelajakda munosib kasb egallashlari hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 2