Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir

Kengash raisi "Yetimqum" mahallasida: o‘rganish, muloqot va ma’naviy tadbir

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova “Yetimqum” mahallasida bo‘lib, dastlab mahalla raisi, mahalla nuroniylari hamda faollari bilan birgalikda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, tozalik va tartibni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Tashrif doirasida Kengash raisi mahalladagi 39-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilari ishtirokida tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Kengash raisi, mahalla raisi hamda nuroniylar ishtirok etib, yosh avlod bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida nuroniylar o‘z hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati, yurt ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida so‘zlab berdilar. Kengash raisi esa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ilm-fanga intilish, zamonaviy kasblarni egallash, jamiyat hayotida faol bo‘lish muhimligi haqida fikrlar bildirdi.

O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, ularning qiziqish va takliflari tinglandi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, avlodlar o‘rtasida ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

️Tashrif yakunida mahalladagi obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, maktab muhitini rivojlantirish hamda yoshlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yilishi lozimligi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar Kengash raisining doimiy nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 6