Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Deputatlar tomonidan Do‘stlik” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Deputatlar tomonidan Do‘stlik” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi “Sariq” saylov okrugi deputati Ch.Alimov hamda tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova tumandagi “Do‘stlik” mahallasida aholi uchun navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul jarayonida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy, kommunal xizmatlar, infratuzilma, bandlik hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat joyida tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilishi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

 Fuqarolar ko‘targan muammolarni manzilli hal etish, murojaatlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash hamda natijadorlikka erishish maqsadida masalalar deputatlik nazoratiga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda tezkor chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi.

Ushbu qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni bevosita joyida aniqlash hamda ularni tizimli ravishda hal etishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4