Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
AHOLINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Dilorom Xolmatova tomonidan mahallalardagi ijtimoiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida "Ulug‘ yo‘l" va "Nihol" mahallalarida uchrashuvlar tashkil etildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raislari hamda ijtimoiy xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda ularni manzilli yetkazish holati yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Xususan, 

2026-yil boshidan buyon “Kambag‘allik reyestri”da turgan 4 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, 3 nafar fuqaroga kiyim-kechak mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroga birlamchi nogironlik guruhi belgilanishiga ko‘maklashildi - deydi Ulug‘ yo‘l MFY ijtimoiy xodimi 

Shundan so‘ng deputat va mas’ullar aholi xonadonlariga chiqib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning amaldagi holatini joyida ko‘zdan kechirdi hamda fuqarolar fikr-mulohazalarini tingladi.

“Ijtimoiy xizmat va yordamlar tartibi bo‘yicha menga doimiy tushuntirishlar berildi. Kambag‘al deb e’tirof etilganligim to‘g‘risida tegishli ma’lumotnoma rasmiylashtirilib, ‘Saxovat va ko‘mak’ jamg‘armasi hisobidan kiyim-kechak xaridi uchun 2 060 000 so‘m mablag‘ ajratildi. Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz to‘lovlari uchun 1 000 000 so‘mlik bir martalik kompensatsiya berildi,” — deydi fuqaro H.M.

 Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlarni yanada manzilli tashkil etish, yordamlarning o‘z vaqtida yetkazilishi hamda ehtiyojmand oilalar bilan tizimli ishlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 7