Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
“MADAD” NNT VA XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMANI KENGASHI O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.

Memorandumning asosiy maqsadi:

fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash;

kambag‘allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash;

shuningdek, huquqiy savodxonlikni oshirish yo‘nalishlarida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Hamkorlik doirasida:

aholi murojaatlarini birgalikda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish;

ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma reja ishlab chiqish;

bepul huquqiy maslahatlar va sayyor qabullar tashkil etish;

nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar hamda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli ko‘mak berish;

aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish kabi masalalar belgilab olindi.

Hududda Kengash deputatlari tomonidan o‘rganilgan muammolarga “Madad” NNT bilan birgalikda aholiga amaliy yordam ko‘rsatish va samarali huquqiy maslahat berish mumkinligi ta’kidlandi.

Bu esa ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolarning davlat va jamiyat institutlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida kelgusida qo‘shma loyihalar, o‘quvlar, davra suhbatlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Slide 1 of 3