Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
"Zarbdor" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

"Zarbdor" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan tartib asosida hududlarda deputatlar tomonidan nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova Kengash deputatlari J.Donayev hamda M.Juraqulovalar hamkorlikda tumandagi “Oqjar” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq xodimi tomonidan aholi bilan olib borilayotgan ishlar, muammolarni manzilli hal etish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va yoshlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Joylarda mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilandi. Aniqlangan masalalar ijrosi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Mazkur o‘rganishlar mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va samarali hal etish hamda joylarda davlat siyosati ijrosini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 3