Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Murojaatlar ortgan mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va manzilli hal etish maqsadida tuman hokimining sayyor qabullari barcha mahallalarda izchil tashkil etilmoqda.

Bugun tahlillar asosida murojaatlar soni oshgan "Termiz" mahalla fuqarolar yig‘inida Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman prokurori Yodgor Bozorov, ichki ishlar, adliya hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, hududdan Xalq deputatlari Termzi tumani Kengashiga hududidan saylangan deputat ham qatnashdi.

Ikki soatdan ortiq davom etgan qabul jarayonida 38 nafar fuqaroning jami 42 ta turli masaladagi murojaati ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat tuman rahbari tomonidan mas’ullar ishtirokida batafsil tinglanib, joyida muhokama etildi.

Qabul davomida 12 ta masalaga ijobiy yechim topildi. Qolgan 30 ta murojaat tegishli idora va tashkilotlarga aniq ijro muddatlari belgilangan holda yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Tuman hokimi har bir murojaat qonuniy va adolatli hal etilgunga qadar qat’iy nazoratda bo‘lishini, aholi manfaati ustuvor ekanini alohida ta’kidladi.

Slide 1 of 10