Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
“Yashil makon” amalda: Egarchida ilg‘or tajriba o‘rganildi

     Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi faollari B. Rajabov va M. Mengniyozov hamda O‘zbekiston Ekologik
partiyasi Sho‘rchi tuman Kengashi raisi D. Bekmurodov tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlari va “Yashil makon” umum­milliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida joriy yilning 14-fevral kuni Sho‘rchi tumani “Egarchi” MFY hududida joylashgan “Egarchi” fermer xo‘jaligiga tashrif
buyurildi. 

   Tashrif davomida fermer xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni
qo‘llash, hosildorlikni oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, hududda ko‘chat ekish, yashil maydonlarni kengaytirish, tomchilatib sug‘orish tizimidanfoydalanish kabi ilg‘or usullar e’tiborga molik ekani ta’kidlandi. 

   Mutasaddilar tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida hududni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhit
musaffoligini ta’minlash va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar alohida qayd etildi. Fermer xo‘jaligida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish hamda ularni hududlarga tarqatish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholandi. 

   Muloqot jarayonida qishloq xo‘jaligida samaradorlikni yanada oshirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ekologik muvozanatni saqlash va barqaror rivojlanishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani ta’kidlandi. 

   Mazkur o‘rganish ishlari hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda “Yashil
makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tashabbuslarni izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, yashil va obod makon — farovon hayot garovidir.  

 

Slide 1 of 1