Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
“Zarobod” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi ishlar o‘rganildi

“Zarobod” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlardagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati — Kengash kotibiyati mudiri tumanning “Zarobod” mahallasi fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida hokim yordamchisi Elbek Roziqov tomonidan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishi, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarga, jumladan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslarga belgilangan mezonlar asosida subsidiyalarni to‘g‘ri ajratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar maxsus platforma orqali ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Zarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Ismat Abdujabborov tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summalarini qoplab berish hamda yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

BundaN tashqari, mahalla ijtimoiy xodimi Rushana Qurbonnazarova tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil etish, aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilishi hamda fuqarolarning ushbu xizmatlardan foydalanish huquqlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash masalasi deputat nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5