Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 15-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati Radjapov Shuxratjon Payg‘ambarovich hamda Uyg‘ur mahalla fuqarolari a’zolari tomonidan “Uyg‘ur” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 38-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati, issiqlik tizimi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida ko‘rilgan tayyorgarlik choralari bilan tanishildi. 

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va saqlanishi, hamda pedagog xodimlar tomonidan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan zarur choralar belgilandi.   

Deputatlik nazorati tadbirlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda
kuzating:
https://t.me/urtachirchiq_deputatlari 

Slide 1 of 6