Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
SESSIYA

 Bugun Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining VII chaqiriq XXI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Uchqun Yelmuratov, tegishli mas’ullar, deputatlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Uchquduq tuman hokimi Uchqun Yelmuratovning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. 

Shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmatlar sohasini rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan rejalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Sessiya kun tartibiga muvofiq, Uchquduq tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025 yilning o‘tgan 12 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ergashevning axboroti tinglandi 

Axborotda profilaktik chora-tadbirlar, mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan ishlar hamda sohadagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Sessiya kun tartibiga muvofiq, Uchquduq tumanida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda ularga tutash hududlar, umumiy foydalaniladigan ob’yektlar va konstruksiyalarni davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish masalalari bo‘yicha Uchquduq tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i San’at Berdievning axboroti tinglandi. 

Axborotda ko‘p qavatli uy-joy fondini yaxshilash, aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi  

Slide 1 of 9