Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
Mahallalarda obodonlashtirish va hamjihatlik masalalari muhokama qilindi

      Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘rol Cho‘tboev tashabbusi bilan tumandagi “Tolli” va “Shakarko‘l” mahallalarida ko‘chalarga biriktirilgan ko‘cha boshilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

     Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallalarda obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hamkorlik asosida bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. 

     Davra suhbati davomida hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilish, eski uy-joylarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud suv tarmoqlarini tartibga keltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, tomorqalardan unumli foydalanish, aholi bandligini oshirish, bog‘dorchilik va dehqonchilikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. 

    Bu borada nuroniylarning hayotiy tajribasi va amaliy tavsiyalaridan keng foydalanish, yosh avlodga o‘rnak bo‘ladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi alohida ta’kidlandi. 

    Suhbat yakunida obodonlashtirish masalalari yuzasidan aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, muhokama guruhlarini tashkil etish, nuroniylardan iborat ishchi va maslahat guruhlarini shakllantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari haqida aholiga doimiy ravishda ochiq va shaffof ma’lumot berib borish muhimligi qayd etildi. 

    Mazkur uchrashuv mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash, hududlarni obod va farovon maskanga aylantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.  

Slide 1 of 1