Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ТАРАҚҚИЁТИ — ЮКСАК ЭЪТИБОР ВА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР САМАРАСИ
янв.21
QARAQALPAQSTAN: JAŃA IMKANIYATLAR, JAŃA EKONOMIKALIQ MAQSETLER
янв.21
Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq va amaliy vazifalar belgilandi.
янв.21
Inson qadri ulug‘langan, taraqqiyot yangi bosqichga ko‘tarilgan tashrif
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары тыңланбақта
янв.21
Қарақалпақстанның келешеги ҳаққында еки күн
янв.21
Халық депутатлары Нөкис қалалық Кеңесине 26-“Қумбыз аўыл” сайлаў округинен депутат Кадиров Қувондиқ Айитбаевич Нөкис қаласындағы «Көк өзек» мәкан пуқаралар жыйынының жумысларын үйренди.
янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
Sho‘rchi tumanida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

       Xalq deputatlari Sho‘rchi tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik boshlandi.

Deputat Rajabov Botir Abdurasulovich tuman Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Mazkur tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, aholiga huquqiy axborot yetkazish va bepul yuridik yordam ko‘rsatishga
ixtisoslashgan.
 

Uchrashuv davomida deputat “Madad” tuman bosh mutaxassisi Ergashev Xusniddin Fayzimuradovich bilan: 

🔹 Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning huquqiy
savodxonligini oshirish

🔹Aholiga bepul va sifatli yuridik yordam ko‘rsatish
🔹Huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish va loyihalarini tayyorlashda amaliy
ko‘mak berish
masalalarini muhokama qildi. 

🤝 Kelgusida 3 ta muhim yo‘nalishda hamkorlik qilish belgilandi: 

1️⃣ Aholi murojaatlari bilan ishlash – murakkab huquqiy masalalar yuzaga kelganda fuqarolarni “Madad” tuman huquqiy maslahatiga yo‘naltirish orqali bepul va professional yordam olish imkonini kengaytirish. 

2️⃣ Ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish – tizimli huquqiy muammolar yuzasidan Kengashga tahliliy ma’lumotlar taqdim etish hamda deputatlik so‘rovlari va sessiyalarda masalalarni ko‘tarish. 

3️⃣ Huquqiy targ‘ibot tadbirlari – mahallalar va korxonalarda qonunchilikdagi yangiliklar hamda ijtimoiy
imtiyozlar yuzasidan tushuntirish ishlarini birgalikda olib borish.
 

Mazkur hamkorlik tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida deputat tuman aholisi va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganini ham ko‘zdan kechirdi. 

Slide 1 of 1