Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 1-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Baysaryiev tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy dasturi asosida tumandagi 68-maktab hududida manzarali va mevali koʻchatlar ekildi.Tadbirda maktab oʻqituvchilari
va xodimlari faol ishtirok etib atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Ushbu tashabbus ekologik madaniyatni yuksaltirish va sogʻlom muhit yaratishga xizmat qiladi.