Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Parizod Ziyo 2025-yilning to‘rtinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi

17-Miskin saylov okrugidan saylangan deputat Parizod Ziyo 2025-yilning to‘rtinchi choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. O‘tkazilgan uchrashuvda “Taraqqiyot” va “Miskin” MFY mahalla yettilik vakillari, XDP Olmazor tumani Kengashi partiya raisi X.Xamidov hamda deputat qabuliga kelgan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalq oldidagi Murojaatnomasi hamda yangilangan “O‘zbekiston 2030 – Harakatlar Strategiyasi” mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’ruza qildi va to‘rtinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari asosida ko‘rilgan choralar hamda hal etilgan muammolar haqida batafsil axborot berdi.

Axborotda deputat ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar, jumladan issiq suv, ichimlik suvi va oqova tarmoqlaridagi muammolar bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni yoritib o‘tdi. Shu davr mobaynida 1 ta sayyor qabul tashkil etilib, 13 nafar fuqaroning 8 ta murojaati va takliflari ko‘rib chiqildi, 5 ta sessiyada ishtirok etildi, 1 ta tashabbus ilgari surildi, 1 marotaba eshituvlar o‘tkazildi va 3 ta jamoat tadbirlarida qatnashildi. Shuningdek, deputat 4 marotaba fuqarolar qabulini tashkil qilib, 2 deputatlik so‘rovi yubordi. 

Deputat Parizod Ziyo Olmazor tumani Kengashining to‘rtinchi chorakda o‘tkazilgan sessiyalari va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol qatnashib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini muntazam amalga oshirdi. 

 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirgan masalalar amaliy yechim topishi uchun mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda deputatlik so‘rovlari yuborilishi va sayyor qabul-muloqotlar rejaga muvofiq davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6