Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya kun tartibiga muhim masalalar
kiritilib, ular yuzasidan tegishli axborot va hisobotlar tinglandi. 

Jumladan, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida 2025-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori M.Ortiqov tomonidan batafsil axborot berildi. 

Shuningdek, tumandagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Uchquduq tuman Adliya bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash
amaliyoti yuzasidan 2025-yilda bajarilgan ishlar to‘g‘risida adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘rayev axborot berdi. 

Majburiy ijro byurosi Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi
vazifalar yuzasidan majburiy ijro bo‘lim boshlig‘i A.Jo‘rayev hisobot berdi. 

Shuningdek, Uchquduq tumanida shaharsozlik hujjatlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i S.Berdiyev ma’lumot berdi. Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi 

Slide 1 of 6