Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
📌 Ishtixon tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini yaratish yo‘lidagi amaliy ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi Kompolshik Yelena Aleksandrovna, Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov hamda Ishtixon tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Nuriddinov tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–298-sonli qarori ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

🏗 Qaror doirasida hududlarda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlar etib belgilangan.

📈 Xususan, Ishtixon tumanida:

— “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman va mahalla” konsepsiyasi asosida hududni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan kompleks dastur ishlab chiqilgan;

— sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda;

— qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda;

— 🌱 “yashil” va energiya samarador texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝 Shuningdek, o‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi va tadbirkorlar manfaatlariga yo‘naltirilganligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Mazkur qaror ijrosi Ishtixon tumanini iqtisodiy jihatdan rivojlangan, zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi uchun qulay hamda tadbirkorlik uchun jozibador hududga aylantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6