Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
“Chilonzor” mahallasidagi ijtimoiy muammolar o‘rganildi

  Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Durbek Ahmedov hamda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Alisher Miryunusovlar tomonidan “Chilonzor” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada mavjud ijtimoiy muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini bevosita tinglash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

   Tadbirda mahalla “yettiligi” xodimlari hamda faollar ishtirok etdi. Muloqot davomida uy-joy va kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma holati, ichki yo‘llar ta’miri, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, bandlik masalalari hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, aholi o'rtasida to'y-hashamlarni ixchamlashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

  Uchrashuv yakunida 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha aniq reja va takliflar ishlab chiqildi.