Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Deputat mahalla faollari bilan uchrashib, mahalladagi tikuv sexi faoliyati bilan tanishdi

Deputat mahalla faollari bilan uchrashib, mahalladagi tikuv sexi faoliyati bilan tanishdi

⭐️Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva 3-So‘zangaron saylov okrugiga qarashli “Charmgari” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi, nuroniylar hamda faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida deputat mahalla yettiligi bilan suhbatlashib, mahalla ahliga Prezidentimiz Murojaatnomasining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani mahalla institutini qo‘llab-quvvatlash borasida mutlaqo yangi bosqich boshlanayotganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Bu esa mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va jamiyatda faollikni oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

✅Shundan so‘ng deputat N. Abdullayeva mahallada tashkil etilgan “Charmgari” tikuv korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ayni paytda ushbu tikuv tsexida mahallada yashovchi 25 nafar xotin-qizning doimiy bandligi ta’minlangan bo‘lib, bu ularning oilaviy daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Charmgari mahallasida 580 ta xonadon, 960 ta oila, jami 3390 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla hududi jinoyatchilikdan xoli hisoblanib, tinch va osoyishta hayot tarzi ustuvor hisoblanadi. Bu esa mahallaga berilayotgan keng imkoniyatlar va samarali islohotlarning amaliy natijasi ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

✅Uchrashuv yakunida mahalla faollari va nuroniylar yurtimizda olib borilayotgan islohotlar uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham mahalla rivoji yo‘lida faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

⚡️

@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 4