Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Deputat saylovchilar bilan uchrashuvda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish rejalarini muhokama qildi

Deputat saylovchilar bilan uchrashuvda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish rejalarini muhokama qildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon Saylov okrugidan saylangan deputat S.Xakimov tomonidan saylovchilar bilan keng jamoatchilik ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ayniqsa, mahalla infratuzilmasini kompleks rivojlantirishga qaratilgan aniq reja va vazifalar atroflicha yoritib berildi.

Xususan, mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, ichimlik suvi hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ko‘cha yoritgichlarini o‘rnatish, obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalarda xizmat ko‘rsatish sifati, tozalik va ekologik muhitni yaxshilash borasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif, murojaat va muammolar e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatilishi, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi. Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, joylardagi dolzarb masalalarni hal etishda jamoatchilik faolligini oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 2