Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Deputatlik nazorati amalda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari T.Tangirov va D.Sherboyevlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-141-son Qarori ijrosining ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tumandagi “Yangiyer” mahallasida o‘rganish olib bordilar.

Hozirgi kunda ushbu mahallada keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida Muzrabot tumani Yangiyer mahallasida qator infratuzilma ishlari rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar:

- 1 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish

- 19.5 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash

- 30 km elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash

- 250 kVA quvvatga ega 4 dona transformator o‘rnatish

- 3 ta piyodalar uchun osma ko‘priklar qurish

Bugungi kunga qadar va hozirda mahallada ichki yo'llarni asfaltlash hamda elektr tayanch ustunlar o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan bir qatorda tuman Kengashi deputatlari tomonidan ham doimiy ravishda o‘rganilib, nazorat qilinmoqda.

Slide 1 of 5