Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
#JARAYON

Bugun Konimex tumani politexnikumi faollar zalida Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi tomonidan tashkil etilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⏩Tadbirda tuman Kengashi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari vakillari, yoshlar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati, uning mamlakatni barqaror rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati hamda strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni joylarda izchil va samarali amalga oshirish masalalari keng qamrovda ko‘rib chiqildi.

Xususan, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim sifatini yaxshilash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, shuningdek, davlat boshqaruvida ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar strategiya maqsadlarini hayotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etishi, bunday muhokamalar esa aholining islohotlardagi ishtirokini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida baholandi.

Slide 1 of 7