Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
“Mardlik va vatanparvarlik saboqlari” Termizlik deputat va Oltinsoy tumanidagi maktabda mard o‘g‘lon xotirasi yod etildi

Tashrif davomida deputat Dilbar Normurodova bilan bir qatorda, tadbirda ishtirok etgan mas’ullar ham Amonov Muhiddin Ziyodullayevich xotirasini yod etdilar. Muhididin Ziyodullayevich – o‘zining Vatani sarhadlari tinchligi yo‘lida cheksiz jasorat ko‘rsatib, jonini fido qilgan qahramonimizdir. Tadbirda uning hayoti va xizmat yo‘lidagi fidoyiligi, o‘z Vatani oldidagi cheksiz sadoqati alohida ta’kidlandi.

Maktab o‘quvchilari va jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda, Muhididin Ziyodullayevichning jasorati avlodlarimiz uchun mardlik va vatanparvarlikning namunasi ekani qayd etildi. Uning yorqin xotirasi har bir yurtdoshimiz, xususan, kelajak egalari bo‘lgan yoshlar qalbiga hamisha muhrlanishi zarurligi ta’kidlandi.

Deputat Dilbar Normurodova o‘z chiqishida, qahramonimizning hayoti va jasorati yoshlarga vatanparvarlik, o‘z jonini ham vatan himoyasiga tikishdek oliy fazilatlarni o‘rgatishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Bunday xotira tadbirlari yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat va mas'uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir ishtirokchilari xotira va hurmat bajo keltirish barobarida, Vatan himoyachilarining jasorati hech qachon unutilmasligini va ularning xotirasi qalblarda mangu saqlanishini ta’kidladilar.

Slide 1 of 2