Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida Tomdi tumanida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana mamlakatimizda keng nishonlanadigan muhim bayramlardan biriga aylangan. Shu munosabat bilan Tomdi tumani markazida ham “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida keng qamrovli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Orzumurod Umarov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi so‘zga chiqib, mamlakatimizning buyuk timsoli Davlat bayrog‘ining qabul qilinganiga 34 yil to‘lgani munosabati bilan barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etdi. O‘z nutqida bayrog‘imiz xalq birdamligi, davlat mustaqilligi va milliy g‘urur ramzi ekanini ta’kidlab, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanini qayd etdi.

Tadbir doirasida bayram ishtirokchilari tomonidan piyoda yurish tadbiri tashkil etildi. Yurishda turli jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda fuqarolar faol ishtirok etib, Vatan ramzlariga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini namoyon etdilar.

Slide 1 of 9