Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар өз сайлаў округлеринде есабат ушырасыўларын өткерди
янв.21
Есабат тыңланды
янв.21
📌 ДЕПУТАТ СОРАЎЫ ЖИБЕРИЛДИ
янв.21
📌 Deputat sorawı jiberildi
янв.21
Пуқаралардың мүрәжатлары унамлы шешилмекте
янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ismailov Xursand Baltabayevich tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv mehnat jamoasi ishtirokida o‘tkazilib, unda asosan xotin-qizlar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan aholini qiynayotgan ijtimoiy masalalar, xususan, mehnat sharoitlari, ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash hamda kundalik turmush bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Ismailov Xursand Baltabayevich har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, qonun doirasida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tushunchalar berdi. Shuningdek, ayrim masalalar shaxsiy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, saylovchilar deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida aholi bunday uchrashuvlar joylardagi muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, minnatdorlik bildirdilar.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi bosh mutaxassisi U.Ruzmetov