Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
янв.21
Депутат ушырасыўы болып өтти!
Guruchariq mahallasida eski simyog‘ochlarni yangilash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

Guruchariq mahallasida eski simyog‘ochlarni yangilash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov tomonidan Olmazor tumanidagi “Guruchariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida mavjud infratuzilma muammolari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi Olmazor tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D. Mirxalikov nomiga yo‘llangan bo‘lib, unda “Guruchariq” MFYning Sariq suv 2-berk, 2-Guruchariq hamda Alohida tor ko‘chalari hududida jami 22 dona eskirgan simyog‘ochlar mavjudligi qayd etilgan.

Mazkur simyog‘ochlarning texnik holati bugungi kunda aholi xavfsizligi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi inobatga olinib, ularni zamonaviy va xavfsiz yangi simyog‘ochlarga almashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar natijalari yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi ham deputatlik so‘rovida alohida belgilangan.

Deputat Turdiqul Bobomuratov mazkur masalani ko‘tarar ekan, mahalla hududida xavfsiz va barqaror elektr infratuzilmasini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 2