Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 3-Navro‘z saylov okrugi deputati Xasan Kuldashev "Uchturgon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida murojaat bilan kelgan aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mahallada mavjud muammolar mahalla raisi bilan birgalikda muhokama qilindi.

Shuningdek, "Quvonch" ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Toshpo‘latova hamda "Uchturgon" ko‘chasida istiqomat qiluvchi II-guruh nogironi G.Xolboyevalarning murojaatlari qabul qilinib, ularning masalalarini hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, deputat "Oydi hayot" ko‘chasi 6-uyda yashovchi fuqaro U.Xo‘jamqulovning murojaati bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida "Uchturgon" mahallasi hududida qurilayotgan 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi (MTM) qurilish ishlari bilan ham tanishildi. Quruvchi tashkilot rahbari M.Maxmudov tomonidan qurilish jarayonining borishi va topshirish muddati haqida ma’lumot berildi. Hozirda binoda pardozlash ishlari olib borilayotgani, faqat issiqlik tizimi qolganligi hamda bog‘chani Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5