Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
“Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Sanitariya epidemiologiya qo‘mitasi Buloqboshi tumani bo‘limida, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri va tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda tuman IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori bilan birgalikda targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida “Jaxolatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Shuningdek tadbirda yot diniy oqimlar va zararli g‘oyalarning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, ularning oldini olish
yo‘llari, xodimlar o‘rtasida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada davlat siyosati, amaldagi qonunchilik hamda profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, bo‘limda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni barqaror ta’minlash, jamoada ijobiy ishchanlik kayfiyatini shakllantirish, mehnat intizomi va mas’uliyatni yanada oshirish, korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan ham muhim fikrlar bildirildi.
Targ‘ibot tadbiri yakunida belgilangan vazifalarni amaliyotga joriy etish, xodimlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish, shuningdek, xizmat faoliyatida namunali xulq-atvor va kasbiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 8