Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
Yangi hayot mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V.Xasanov tomonidan Yangi hayot mahallasiga chiqib, mahalla aholisi, saylovchilar va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar ko‘tarildi:

Jumladan, Adolat ko‘chasiga elektr yoritgich tarmog‘ini o‘rnatish zarurligi, shuningdek, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi aholi uchun dolzarb muammo ekani ta’kidlandi. Fuqarolar ushbu masalalar kundalik hayotda katta noqulaylik tug‘dirayotganini bildirdilar.

Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushdi. Aholi yo‘llarning nosoz holati transport harakati va piyodalar xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.

Bundan tashqari, Navro‘z ko‘chasidagi obodonlashtirish ishlari talab darajasida olib borilmayotgani, xususan, tashlab ketilgan chiqindilarni olib ketish masalasi bo‘yicha fuqarolar o‘z noroziliklarini bildirdilar.

Deputat V.Xasanov tomonidan mazkur murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanishi ta’kidlandi. Bildirilgan muammolar nazoratga olinib, ularning ijobiy yechim topishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi qayd etildi.