Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⏰ «Мадат» мәмлекетлик емес комерциялық емес шөлкеми ҳәм Халық депутатлары қалалық Кеңеси арасында өз-ара бирге ислесиўди буннан былай да беккемлеў мақсетинде бирге ислесиў меморандумына қол қойылды.
янв.21
Қоллап-қуўатлаўдан турақлы абаданлыққа қарай: кәмбағаллықтан шығыў формуласы
янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova Bahor mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Y. Usmonova tomonidan Bahor mahallasida joylasgan 2-oilaviy poliklinikadafuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan bir qator murojaatlar bildirildi.

Xususan:

🔹 Suleymanov Shamil, 1983-yilda tug‘ilgan, Madaniyat MFY Beruniy ko‘chasi 37-uyda yashaydi. Fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq holati sabab nogironlikni rasmiylashtirish uchun Toshkent shahriga tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozimligi aytilgan. Biroq moddiy imkoniyati yo‘qligi sababli bora olmayotganini ma’lum qildi. Oilali, bir nafar farzandi bor. Hozirda ishsiz bo‘lib, sog‘lig‘i to‘liq imkon bermasa-da, ish bilan ta’minlash masalasida yordam so‘radi.

🔹 Xatamova Baxtigul, 1986-yilda tug‘ilgan, uch nafar farzandi bor, kam ta’minlangan oila. Ikki xo‘jalik bir hovlida istiqomat qiladi. Uy-joyni bo‘lib olish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda moliyaviy imkoniyat yetishmasligi sababli muammoga duch kelayotganini bildirdi va mazkur masalada amaliy yordam so‘radi.

📌 Ushbu muojaatlar tinglanib

Suleymanov Shamilning sog‘lig‘i bo‘yicha holatini o‘rganish, nogironlikni rasmiylashtirish masalasida tegishli tibbiyot va ijtimoiy himoya organlariga murojaat qilish;

Uni imkoniyatidan kelib chiqib bandlikka ko‘maklashish yuzasidan Bandlik bo‘limiga tavsiyanoma kiritish;

Xatamova Baxtigulning uy-joy va kadastr bilan bog‘liq muammosini hal etish maqsadida kadastr va mahalliy hokimlik mas’ullari bilan hamkorlikda masalani o‘rganish va amaliy yordam choralarini ko‘rish kerak ekani belgilab olindi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, har bir masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi bildirildii.