Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
янв.21
Депутат ушырасыўы болып өтти!
янв.21
🗣 Мүрәжат унамлы шешим таўды
янв.21
❗️Нөкис қаласында «Депутат мәҳәлледе» жойбары өткерилди
Deputatlar ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 Guliston mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda viloyat Kengashi deputati T.Rahimov va shahar deputatlari O.Sharipov va F.Hojiyev,
mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etishdi.
Keng qamrovli tadbirning asosiy mavzusi —Odam savdosiga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari,
shuningdek, tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofga qarshi madaniyatni shakllantirishga qaratildi.

Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi so‘zga chiqib, korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy ta’siri haqida to‘xtaldi. U, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan bu borada olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va aholini bu illatdan ogoh etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda deputatlar ham so‘zga chiqib, odam savdosiga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari, hamda korrupsiyaning ildiziga qarshi kurashishda aholining faolligi va fuqarolik mas’uliyati muhim rol o‘ynashini ta’kidladilar. Ular korrupsiyaviy holatlarga toqat qilmaslik, huquqiy madaniyatni oshirish, shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha hamjihatlikda ishlash lozimligini qayd etdilar.

Uchrashuv davomida yana bir muhim masalaga — tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham va boshqa marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, xalqimizga xos bo‘lgan halollik va shukronalik bilan hayot kechirishga alohida e’tibor qaratildi. Nuroniylar va mahalla faollari bu boradagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir yakunida bunday uchrashuvlar aholining huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishda muhim o‘rin tutishi, ular muntazam ravishda o‘tkazilishi lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 9