Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
янв.21
📂ESABAT BOLIP ÓTTI.
янв.21
BIR QATAR MASHQALALAR KÓRIP SHÍĞÍLMAQTA❗️
TIBBIYOTDА DOLZARB 90 KUN TАDBIRI АMАLDА

  Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi O.Umarov "Tibbiyotda dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida tuman Tibbiyot
birlashmasi "Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika"da amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida tibbiyot muassasalaridagi xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholiga tibbiy xizmatlarni samarali
yetkazish va soha xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. 

Tuman rahbari tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini tingladi. 

Shuningdek, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Abdullayev va tuman Moliya-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Abdimalikovlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 sentyabrdagi “Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-311-sonli qarori mazmun-mohiyati, qarordagi vazifalarni bajarilishi va davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.  

Tadbirda tuman TTB boshlig‘i va ularning o‘rinbosarlari, soha xodimlari hamda tegishli muassasa rahbarlari ishtirok etdi. 

Unda kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, imtiyozli yo‘llanma asosida davolanish, reimbursatsiya dasturi bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi.
  

Slide 1 of 4