Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⏰ Депутатлар қатнасыўында пуқаралар ушырасыў болып өтти
янв.21
⏰ Ушырасыў даўам етпекте
янв.21
Депутатлар сайлаўшылары менен ушырасыў өткерди
янв.21
🎙 Депутатлық ушырасыў ҳәм пуқаралар қабыллаўы болып өтти
янв.21
⏰ Коррупцияға қарсы гүресиў - жәмийет раўажланыўының гиреўи
янв.21
⚡️Депутатлар сайлаўшылар менен ушырасыў өткерди
янв.21
Депутатлардың халық пенен ушырасыўы болып өтти.
янв.21
Депутатлар халық пенен ушырасыўы
янв.21
Нурлы бостан МФЙ аҳолиси билан учрашув бўлиб ўтди
янв.21
❗️ Депутатлардың ушырасыўлары даўам етпекте….
ekologik madaniyat

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qaror — yurtimizning o‘sib kelayotgan yoshlariga sog‘lom va barkamol avlod sifatida ulg‘ayish, ularning ekologik qadriyatlari bilan dunyoda ajralib turadigan, qolaversa, namuna bo‘la oladigan madaniyatli yoshlar yetishib chiqishiga katta hissa qo‘shadigan muhim qaror bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Oxirgi yillarda yurtboshimizning ekologiyaga bo‘lgan alohida e’tibori va sa’y-harakatlari natijasida, mamlakatimizda ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilinib, bugungi kungacha o‘z samarasini bermoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zim ta’lim sohasida faoliyat yuritayotganligim bois, “tashlanayotgan har bir qadam ta’limdan boshlanadi” degan fikrdaman. Sababi, inson hayoti davomida yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun ilk qadamini ta’limdan boshlaydi. Ilk ta’lim-tarbiyani esa ota-onasidan, shuningdek, hozirgi tobora rivojlanayotgan davlatimizda — maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi.

Kelajak avlod uchun ekologik madaniyatni singdirish va ularga sog‘lom muhit yaratishimiz uchun biz hozirdanoq eko-madaniyatni o‘zimizdan boshlab, keyingi — kelajagimiz umidi bo‘lgan yoshlarimizga meros qilib qoldirishimiz zarur.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 15-mayda qabul qilingan PQ-184-sonli “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi” qarorida ta’lim sohasiga alohida urg‘u berilgan.

Mazkur qarorning 1-ilovasi 2-bobida maktabgacha ta’limdan boshlab aholining barcha qatlamlari ekologik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish tizimini takomillashtirish, ushbu jarayonda ishtirok etuvchi ta’lim tashkilotlarining vazifalarini aniq belgilash nazarda tutilgan.

Shundan xulosa qilish mumkinki, kelajak avlod uchun bugungi kunda amalga oshirilayotgan harakatlarimiz, shubhasiz, ertaga o‘z mevasini beradi.

Abdijalieva Ayzada Karamatdinovna

Xo'jayli tumani kengashi Xalq deputati